Rossiya IShID guruhlari tarqalish xavfi haqida ogohlantirdi

Rossiya mudofaa vazirligi vakili so‘zlariga ko‘ra, xalqaro terrorchilik uyushmasi tarafdorlari Yaman, Misr, Liviya, Somali, Afg‘oniston, Indoneziya, Filippin, shuningdek Yevropa Ittifoqi davlatlarida qayd etilgan.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Suriya-Iroq chegarasi orqali ekstremistik qarashlarni qo‘llab-quvvatlovchi 50 mingdan ortiq kishi o‘tdi. Ular o‘z vatanlariga yoki boshqa davlatlarga qaytib borishi IShID terrorchilik uyushmasining guruhlari tarqalish xavfini keltirib chiqaradi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin Pekindagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha xalqaro forumda ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Turkiyada eronlik “IShID amiri” ushlandi

“Jangovar harakatlar zonasiga ko‘plab xorijdan jangarilar kelishi kuzatilmoqda. Xususan, Suriya-Iroq chegarasi orqali dunyoning 100 ta mamlakatidan bo‘lgan 50 mingga yaqin kishi o‘tdi. Ular o‘z vatanlariga yoki boshqa davlatlarga qaytishi IShID terrorchilik uyushmasining guruhlari tarqalish xavfini keltirib chiqaradi”, - deb ta’kidladi Fomin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilik uyushmasi tarafdorlari Yaman, Misr, Liviya, Somali, Afg‘oniston, Indoneziya, Filippin, shuningdek Yevropa Ittifoqi davlatlarida qayd etilgan.

Rossiya mudofaa vazirligi rahbari o‘rinbosari, terrorchilarning rahbarlari yangi tarafdorlarni jalb qilish maqsadida internetdan keng foylanishmoqda.

Suriyada 2011-yildan qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda. 2017-yil yakunida Suriya va Iroqda IShID ustidan g‘alaba e’lon qilindi. Suriyaning alohida hududlarda jangarlardan tozalash ishlari olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda birinchi navbatga vaziyatni siyosiy yo‘l bilan tartibga solish, Suriyani tiklash hamda qochoqlarni qaytarish vazifalari chiqmoqda.