O‘zbekistonda bolalarga mo‘ljallangan axborotga qo‘yiladigan cheklovlar belgilandi

O‘zbekistonda tarqatilayotgan axborotning yoshga oid cheklovi qaysi belgilariga ko‘ra aniqlanishi ma’lum bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekistonda tarqatilayotgan axborotga auditoriya yoshiga oid  cheklovlar qanday kiritiishi belgilandi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 22 oktbar kuni chop etilgan 848-sonli qarorida aytib o‘tilgan.    

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda axborotni yoshiga oid cheklovlar bilan tarqatish haqidagi qonun 2018-yilning avgust oyida kuchga kirgan edi. Unda 0+, 7+, 12+, 16+, 18+ va boshqa kategoriyalar kiritilgan edi. Vazirlar Mahkamasining yangi qarori esa, yuqoridagi har bir kategoriyaga qanday axborot  taaluqli ekani aytib o‘tilgan:

Yangi qonun "18+": barcha axborot mahsulotlari bolalar yoshiga oid tasniflanadi

0+

Bu 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan axborot bo‘lib, u bolalar sog‘ligi va rivojlanishiga zarar yetkazasligi kerak. Sujet talabigan binoan zo‘ravonlik sahnalari ko‘rsatilgan hollarda, ularda yaxshilik yomonlik ustidan g‘alaba qozonishi va qurbonga hamdardlik ko‘rsatilishi va zolimga jazo berilishi kerak.

7+

7 yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan axborot bo‘lib, unda inson kasalliklarining naturallistik bo‘lmagan, inson or-nomusini kamsitmaydigan suratlari bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avariya yoki boshqa baxtsiz hodisalar, ularning oqibatlari namoyish qilinmagan holda namoyish etilishi mumkin. Bularning hammasi sujet talab qilgan hollarda albatta.

12+

12 yoshdan katta bolalar uchun mo‘ljallangan axborot bo‘lib, unda jinsiy zo‘ravonlikdan boshqa zo‘ravonlik turlari ba’zan namoyish qilinishi mumkin. Bularning hammasi naturalistik bo‘lmagan ravishda, qurbonga  hamdarlik bildirilgan hamda zo‘ravonlikni qoralagan holda   namoyish etilishi mumkin.

"Qo‘lingda imkon": bolalar kuniga bag‘ishlangan eng chiroyli klip

Narkotiklar, sigaret va psixotrop moddalar  haqida aytilishi mumkin, lekin ularni ko‘rsatish mumkin emas. Albatta, ushbu moddalar haqida salbiy ma’noda gapirilish va ularning inson sog‘lig‘iga zarari haqida eslatib o‘tish kerak.

16+

16 yoshga to‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ma’lumot bo‘lib, unga 12+ kategoriyadagi barcha talablar kiritilgan. Faqat alohida so‘kinish so‘zlari qo‘shilishi mumkin. Ushbu so‘zlar jinsiy aloqaga qiziqishni ortirrmaydigan, ularni tasvirlamaydigan bo‘lishi kerak.

18+

Bolalr orasida tarqatilishi ta’qiqlangan ma’lumotlar bo‘lib, ular qatoriga bolalarda tamaki, narkotik va alkogol moddalari iste’mol qilishga qiziqish ortishi, shuningdek ularni tilamchilik qilishga yoki ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etishga jalb qilishga doir ma’lumotlar kiradi.

Shafqatsizlik va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi,  oilaviy qadriyatlarni inkor etuvchi, jamiyatda tarqoqlik olib keluvchi g‘oyalarni targ‘ib qilish, pornografiya ham shular jumlasidan.

Efirda uzatilayotgan yoki chop etilayotgan ma’lumotlar qaysi kategoriyaga oid ekanligini axborotni ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilarning o‘zlari hal qilishlari kerak. Buning iloji bo‘lmagan hollarda ular UzAPIga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Spot.uz materiali asosida tayyorlandi. Qarornng to‘liq matni bilan quyida tanishing.