TOShKENT, 24 okt - Sputnik. Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma’lum qilishicha, saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Xashoggining qotillari AQSh hukumati qo‘llab-quvvatlovisiz o‘z maqsadiga erisha olmagan bo‘lardi. Bu haqda prezidentning rasmiy saytida xabar qilingan.
“Men mamlakat AQShning qo‘llab-quvvatlovisiz bunday qotillikka qo‘l urmagan bo‘lardi, deb hisoblayman”, - deb ta’kidladi Ruhoniy vazirlar mahkamasi yig‘ilishida.
Ruhoniy Turkiya hukumatini xolis surishtiruv jarayonini o‘tkazishga chaqiradi.
Prezident Ruhoniy zamonaviy dunyoda bunday “tashkillashtirilgan qotillik” amalga oshirilganidan hayratga tushgan.
2017 yildan AQShda yashab kelgan, amerikaning Washington Post nashrida ishlagan saudiyalik jurnalist Xashoggi 2-oktabr kuni izsiz g‘oyib bo‘lgan. U Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligi binosiga kirib ketguncha, u yerdan qaytib chiqmagan.
20 kundan so‘ng Saudiya qirolligi konsulxonada yuz bergan janjal natijasida vafot etganini tasdiqladi.
Shu ish bo‘yicha 18 kishi qo‘lga olindi. Umumiy razvedka xizmati boshlig‘i o‘rinbosari va qirol maslahatchisi lavozimlardan chetlashtirildi.
Saudiya Arabiston qiroli Salman ben Abdel Aziz Al Saud jurnalist o‘limiga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarni javobgarlikka tortishini ma’lum qilgandi.
Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on Saudiya Arabistoni hukumatining tushuntirishlaridan qoniqmaganligini aytdi. Shuningdek, u saudiyaliklarning bayonotlariga qaramasdan, ushbu qotillik oldindan rejalashtirilganligini ta’kilab o‘tdi.