Rossiyaning eng "ichuvchi" shaharlari aniqlandi

Rossiyada eng ko‘p alkogolli ichimliklar iste’mol qiluvchi shaharlar ma’lum bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Zoom Market agentligi 2018-yilning oktabrida o‘tkazgan marketing izlanishida Rossiyaning eng ko‘p alkogolli ichimliklar iste’mol qiluvchi 25 ta shaharlari aniqlangan, deb xabar qilmoqda Russia Today.   

O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlariga aksiz solig‘i oshdi

Ular orasida birinchi o‘rinlarda – Saratov, Xanti-Mansiysk va Perm shaharlari. Eng so‘nggi 23, 24, 25 o‘rinlarda esa – Vladivostok, Nijniy Novgorod va Qozon shaharlaridir.

Shuningdek, Chelyabinsk - 8, Sankt-Peterburg - 11, Moskva - 16,  Yekaterinburg - 19, Volgograd - 20 o‘rinlarni egallab kelmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada so‘nggi yillarda alkogolli ichimliklar iste’mol qilish sezilarli darajada kamayib, aholi umr davomiyligi o‘sib bormoqda. 

Xususan,  Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining so‘zlariga ko‘ra, oxirgi 5-yil ichida alkogol iste’moli salkam yarim baravar kamaygan. 

“O‘tgan besh yil ichida alkogol iste’mol miqdorini  40 %dan ortiq kamaytirishga, tamaki mahsulotlari iste’mol qilish, kattalar orasida 22 %ga, o‘smirlar orasida – 2,5 baravarga kamaydi”, - dedi Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova.

Vazir aytishiga qaraganda, ushbu davr mobaynida aholining o‘rtacha yoshi Rossiya tarixida eng yuqori darajaga yetgan. Xususan, Erkaklar o‘rtacha umr davomiyligi 72,7 yoshga, ayollar – 77,6 yoshga.