O‘zbekiston ayollari ta’lim va pul topishda erkaklardan ortda qolmoqda – BMT vakili

BMTning vakili Miyeko Yabuta bugungi kunda erkaklar yetakchilik qilayotgan sohalar bo‘yicha ta’lim olishi va ishlashi zarurligi haqida O‘zbekiston ayollariga maslahat berdi.
Sputnik

TOShKENT, 24 okt - Sputnik. Bugun, 24-oktabr kuni Xalqaro press-klubda “O‘zbekiston – BMT: islohotlarning yangi davrdagi ustuvor vazifalar” mavzusida sessiya o‘tkazildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Norboyeva siyosat va ayollar, zo‘ravonlikka qarshi qonun hamda o‘zgarayotgan nikoh yoshi haqida

Ushbu yig‘ilishda BMTning vakili Miyeko Yabuta bugungi kunda erkaklar yetakchilik qilayotgan sohalar bo‘yicha ta’lim olish va ishlash zarurligi haqida o‘zbek ayollariga maslahat berdi.

BMTning O‘zbekiston vakolatxonasi vakillari barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish,  shu jumladan gender tengligi sohasida bo‘yicha BMT dasturlari haqida ma’lumotlar aytib o‘tishdi.

BMT vakili Miyeko Yabutaning so‘zlariga ko‘ra, erishilgan yutuqlarga qaramasdan ayollar ta’lim va ish bilan bandlik sohasida erkaklardan ortda qolmoqda. Oliygohlarda ularning soni 40 foizdan kam.

Shuningdek, O‘zbekistonda erkaklar ayollarga qaraganda 1,7 baravar ko‘proq pul ishlab topishadi. Ta’lim olishdagi daraja sababli bunday notenglik hosil bo‘ldi.

“Biz yaxshi va foydali ish topish borasida ayollarga ta’limning ta’sirini ko‘rapmiz. Bu juda muhim. Ta’limning yetishmasligi kasbiy tayyorgarlikdan o‘tish va mehnat bozorida cheklangan imkoniyatlarga olib keladi. O‘rta ma’lumotli ayollar atigi 36 % ish bilan ta’minlangan, oliy ma’lumotli ayollar bu ko‘rsatkich 68 % tashkil qiladi”, - dedi u.

BMT vakillari O‘zbekiston ayollari ko‘proq daromad keltiruvchi mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olishni boshlashi kerakligini ta’kidlab o‘tishdi. Masalan, ilmiy, muhandislik, texnologiyalar va kompyuter sohalari.

Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni Xalqaro press-klubda BMT kuniga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tdi.

1948 yil 24-oktabrdan boshlab BMT kuni sifatida belgilangan. 1971-yilda BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi bilan a’zo davlatlarga shu kunni davlat bayrami sifatida nishonlash tavsiya etilgan.