TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Kelajakda Rossiya va O‘zbekiston pensiya shartnomasi imzolash haqida kelishilb olishlari mumkin, deb xabar qildi Rossiya Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin “Izvestiya” nashriga.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu shartnomaga doir masalalar Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida muhokama qilingan.
Maksim Topilin so‘zlariga ko‘ra, kelajakda Rossiya va O‘zbekiston pensiyalar haqida shartnoma imzolashlari mumkin. Unga ko‘ra Rosssiyada qonuniy ishlab, barcha soliqlarni to‘layotgan O‘zbekiston fuqarolari, o‘z vatanlarida ma’lum to‘lovlarga umid qilishlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston tomonining yana bir tashabbusi – respublikada maxsus markaz tashkil qilib, u yerda mehnat migrantlariga, Rossiyaga ketishan oldin ishlashga ruxsatnoma va patentlar rasmiylashtirishni yo‘lga qo‘yishdir.
Ayni damda Rossiya va O‘zbekiston ijtimoiy sohada hamkorlik qilish haqida memorandum imzolashdi. Uning ichiga mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash, mehnat bozorini monitoring qilish, tajriba almashish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish nazarda tutilgan.