O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

O‘tgan haftada dollar kursi 26,96 so‘mga ko‘tarilib, 8208,04 so‘m tashkil qilgandi.
Sputnik

TOShKENT, 22 okt - Sputnik.Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 23-oktabr kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 18,06 so‘mga ko‘tarilib, 8226,10 so‘m tashkil qildi.

Yevro kursi esa 19,42 so‘mga tushib, 9 470,71 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 1,91 so‘mga ortdi va 125,76 co‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.