Rossiya va O‘zbekiston viloyatlari o‘rtasida muhim iqtisodiy kelishuvlar imzolandi

Rossiya va O‘zbekistonning asosiy vazirlik va idoralar rahbarlari, Rossiya Federatsiyasi viloyatlarining rahbarlari va viloyat hokimlari, ikki mamlakatning yirik biznes vakillari ishtirok etdi.
Sputnik

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Bugun, 19-oktabr kuni Rossiya-O‘zbekiston o‘rtasida birinchi mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida ikki davlat rahbarlari ishtirokida biznes nonushta o‘tkazildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni kutib oldi

Tadbirda Rossiya va O‘zbekistonning asosiy vazirlik va idoralar rahbarlari, Rossiya Federatsiyasi viloyatlarining rahbarlari va viloyat hokimlari, ikki mamlakatning yirik biznes vakillari ishtirok etdi.

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy sohada qiymati 6,2 milliard dollarlik 609 ta bitim va investitsiya sohasida 20,8 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi.

Tarmoqlar sohalardagi hamkorlik doirasida O‘zbekiston va Rossiya viloyat korxonalari  o‘rtasida 1,2 milliard dollarlik savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 242 ta shartnoma va 1,4 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha 137 ta shartnoma imzolandi.

Rossiya va O‘zbekiston ta’lim sohasida 100 dan ortiq shartnomalar imzolaydi- MGU rektori

Biznes uchrashuvlari va seminarlar, to‘plangan tajriba almashinuvi va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini faol muhokama qilish natijalariga ko‘ra, 20,0 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 800 dan ortiq ikki tomonlama bitimlar va memorandumlar imzolandi.

Xususan, savdo-iqtisodiy sohada umumiy miqdori 6,2 milliard dollarlik 609 ta bitim va investitsiya sohasida 20,8 milliard dollarlik 202 shartnoma imzolandi.

Rossiyaning 5 ta viloyati va O‘zbekistonning 6 ta viloyati rahbarlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik sohasida 8 ta ikki tomonlama bitimlar va memorandumlar imzolandi.

Xususan, Chelyabinsk viloyati hukumati va Namangan viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnika va gumanitar sohasida hamkorlik bitimi;

Orenburg viloyati hukumati va Farg‘ona viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnika va gumanitar sohasida hamkorlik bitimi;

Chelyabinsk viloyati hukumati va Toshkent viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnika va gumanitar sohasida hamkorlik bitimi;

Vladimir Putin Toshkentda qanday kutib olindi

Orenburg viloyati hukumati va Samarqand viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnika va gumanitar sohasida hamkorlik bitimi;

2018-2020 yillar Moskva hukumati va Toshkent shahar hokimligi o‘rtasida hamkorlik dasturi;

Tumen viloyati hukumati va Toshkent viloyati hokimiyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnika va gumanitar sohasida hamkorlik bitimi.

Olingan kelishuvlar natijasida O‘zbekistonda 79 ta O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi, 23 ta savdo uyi va 29 ta ulgurji savdo markazlari tashkil etiladi.

Bu kelishuvlarning barchasi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini targ‘ib qilish, qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, invetitsiya sohadagi hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, ikki mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va tovar ayirboshlashni ko‘paytirishga qaratilgan.