Kerchdagi kollej fojiasi qurbonlari soni 21 kishiga yetdi

Kerch shahri kollejda sodir bo‘lgan fojia qurbonlari soni 21 kishiga yetdi, 43 nafar jabrlanganlar shifoxonalarda qolmoqda.  
Sputnik

TOShKENT, 18 okt - Sputnik. Kecha Qrim yarim orolining Kerch shahridagi kollejda sodir bo‘lgan fojia qurbonlari soni 21 kishiga yetdi deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga asosan.

"Qurbonlar orasida ushbu mudhish jinoyatni amalga oshirgan o‘smir ham bor, u o‘z-o‘zini o‘ldirgan. Shifoxonalarda yana 43 nafar jabrlanganlar qolmoqda", - deyilgan xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, 17-oktabr kuni Kerch shahridagi kollejning 4 kurs talabasi o‘zi o‘qiydigan kollej ichida bir necha kishini otib tashlagan va qo‘lbola bombani portlatib yuborgan.

Dastlab ushbu ish yuzasidan Rossiya JKning “Terakt” bandi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan edi.  keyinchalik u “ikki yoki undan ortiq kishini ijtimoiy xavfli yo‘l bilan o‘ldirish” bandiga o‘zgartirildi.