Habib Nurmagomedov Makgregor bilan revansh jang o‘tkazishni rad etdi

Rossiyalik cportchi Nurmagomedov bilan bo‘lib o‘tgan jangdan so‘ng Konor Makgregor revansh jang o‘tkazishni taklif qilgandi.
Sputnik

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Rossiyalik aralash yakkakurash bo‘yicha UFC chempinoni Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan 15 million dollar evaziga revansh jang o‘tkazishni rad etdi.

Vladimir Putin Habib Nurmagomedovni g‘alaba bilan tabrikladi

Bu haqda "Sport-Ekspress" nashriga berilgan intervyuda rossiyalik sportchining tog‘asi Aleks Nurmagomedov ma’lum qildi.

Nurmagomedov va Makgregor o‘rtasida revansh jang o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi savolga Habibning tog‘asi shunday javob berdi:

“U Habibga qiziq emas. U Konor bilan hech qanday pul evaziga jang qilmaydi. Ha men bilan ular unga revansh taklif qilishmoqda. U rozi bo‘lsa boshidan unga 15 million taklif qilishdi. Biroq Habib “yo‘q” dedi. Konor navbatga tursin, boshqalar bilan jang qilsin. Habib esa Ferguson bilan jang qilishni istaydi. Keyin o‘z karyerasini tugatmoqchi”, - deb ta’kidladi Aleks Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov 6-oktabr kuni Las Vegasda Makgregov ustidan g‘alaba qozonib, yengil vaznda UFC unvonini himoya qildi.