TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Rossiyaning Rostov na Donu shahrida 26-29 oktabr kunlari katta palov pazandalik festivali bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri, tadbir tashkilotchilariga asosan.
Janubiy restoranlar forumi “Menyu Rostov – 2018” doirasida bo‘lib o‘tayotgan ushbu tadbirda Rostov aholisi va mehmonlarini bir necha kutilmagan sovg‘alar kutmoqda. Ular orasida nafaqat xursandchilik bayrami, balkim turli millatlar madaniyati va urf-odatlari namoyishi ham kutmoqda.
Festivalning markaziy taomi – bu o‘zbek oshi bo‘ladi. Bir necha asrlik tarixga ega bo‘lgan ushbu milliy taom haqida ko‘plab tarixiy voqealar va afsonalar mavjud. Masalan, Amir Temur o‘z askarlarini jang oldidan palov bilan siylagani bu - haqiqat. Abu Ali ibn Sino esa palovdan kuch-quvvatni va ruhni ko‘taruvchi vosita sifatida foydalangan.
Bugungi kunda o‘zbek palovni butun MDH xalqlari yaxshi bilishadi va sevib iste’mol qilishadi. Ushbu tadbir Rossiyada o‘ziga xos rekord o‘rnatishi rejalashtirilgan. Tadbir doirasida 1500 kishi uchun osh pishiriladi va bir necha master-klasslar bo‘lib o‘tadi.
Palov tayyorlashda O‘zbekistonlik mashhur oshpazlar hamda “Osiyo” o‘zbek madaniy markazi rahbari Qiyomxon Boboyev hamda O‘zbekiston Bosh oshpazlari assotsiatsiyasi a’zosi Hamid Umarov ham ishtirok etadi.
Tadbirda ishtirok etish uchun Moskvadan O‘zbekiston elchixonasi vakillari ham kelishadi. Milliy taom milliy musiqa sadolari ostida pishiriladi. Tashkilotchilar barchani o‘zbek oshi, salat va issiq kulcha non bilan saylashga va’da berishgan.
Osh pishirishga qiziquvchan ishtirokchilar uchun esa alohida tanlov va turli musobaqalar tayyorlashgan. Bosh oshpazlar ularda ushbu festival unutilmas taasurot qoldirishini aytishmoqda.