TOShKENT, 14 okt – Sputnik. 2018-yilning yanvar – sentabr oylarida MDH mamlakatlari orasida iste’mol narxlari o‘sishi bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinda, deb xabar qilmoqda Naviny axborot agentligi BelaPAN statistik tahliliy ma’lumotlariga asosan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida 2018-yilning 9 oyida iste’mol narxlari o‘sishi miqdori quyidagicha bo‘lgan:
O‘zbekiston - 8,1 %, Ukraina – 5,6 %, Tojikiston, 3,8 %, Belarus – 3,7 %, Estoniya - 3,6%, Qozog‘iston - 3,3 %, Rossiya - 2,5 %, Latviya - 2,4 %, Litva – 2 %, Gruziya - 0,1 %.
Qolgan MDH mamlakatlarida esa iste’mol narxlari aksincha – kamaygan. Xususan, Ozarbayjonda – 0,1 %ga, Moldovada- 0,4 %ga, Armanistonda - 0,8 % ga, Qirg‘izistonda - 1,1%ga.
Turkmanistonda esa vaziyat butunlay boshqacha. Ushbu mamlakat bo‘yicha hozircha faqat birinchi 6 oyga taaluqli ma’lumotlar bor va ular 8,9 % narxlar o‘sishini namoyish qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, aksariyat MDH mamlakatlarida narxlar oshishi Sentabr oyiga to‘g‘ri kelgan. Xususan sentabrda Ukrainada narxlar 1,9 %ga, O‘zbekistonda 1,8 %ga, Litvada 1,3%ga va Tojikistonda 1,1%ga to‘g‘ri kelgan.
Iste’mol tovarlari (iste’mol savati) - bu bir odam yoki bir oilaning bir oy yoki bir yil davomida doimiy ravishda sotib olishi kerak bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatidir. Uning katta qismini odatda oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi. Shuningdek, iste’mol savatishga eng kerakli kiyimlar va shaxsiy gigiyena tovarlari ham kiritiladi.