Toshkentda isitish mavsumi boshlanmoqda

Toshkent shahar hokimi qaroriga ko‘ra, 16-oktabrdan ijtimoiy soha obyektlarida, oradan uch kun o‘tib sinov tariqasida turar joy binolarida muntazam isitish boshlanadi
Sputnik

TOShKENT, 13 okt - Sputnik. Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2018/2019 yilgi isitish mavsumini samarali tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.

Haftaning ikkinchi yarmidan O‘zbekistonda yomg‘irli kunlar boshlanadi

Unga ko‘ra, 2018-yil 16-oktabrdan ijtimoiy soha obyektlarida, 2018-yil 19-oktabrdan sinov tariqasida turar joy binolarida muntazam isitish boshlanishini ma’lum qilamiz.

Shu bois, hokimlik fuqarolardan o‘z xonadonlarida issiqlik ta’minoti tizimining barqaror ishlashi uchun yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 2017/2018 yil isitish mavsumi ijtimoiy soha obyektlarida 2017-yil 10-noyabrdan, turar-joy binolarida 2017-yil 12-noyabrdan boshlangan.