TOShKENT, 11 okt – Sputnik. “G‘ishtko‘prik” posti bojxona xodimlari va Toshkent viloyati IIB vakili bilan xamkorlikda postga piyoda holda kirib kelgan M. R.ga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi, deb xabar qildi DBQ matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, og‘zaki so‘rovda bojxona xodimiga ma’lum qilinmagan, qiymati qariyb 61 mln. so‘mlik, umumiy vazni 1217 grammdan iborat bo‘lgan oq metalldan yasalgan 184 dona har xil turdagi zargarlik buyumlarini yashirincha olib kelinayotganligi aniqlandi.
Yana bir holat fuqaro A. A. ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, uning qo‘l yuklari orasida bojxona xodimiga og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, qiymati 42 680 000 so‘mlik umumiy og‘irligi 194 gramm bo‘lgan 28 dona sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari olib kirilayotganiligi fosh etildi.
Bu postda O‘zbekistonga kirib kelayotgan 10 nafar fuqarolarning qo‘l yuklarida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 121 mln. so‘mga yaqin 82 dona umumiy og‘irligi 600 grammdan ortiq bo‘lgan turli zargarlik buyumlari mavjudligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.