Putin: O‘zbekiston – Rossiyaning strategik hamkori va ittifoqchisidir

Bugun, 11-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin yangi tayinlangan O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadovdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Sputnik

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston – Rossiyaning strategik hamkori va ittifoqchisi ekanini qayd etgan. Uning e’tirof etishicha, ikki tomonlama aloqalar barcha sohalarda mustahkamlanmoqda: siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnik, madaniy-gumanitar sohalar shular jumlasidan.

"Kelgusi haftada Toshkentga amalga oshiriladigan davlat tashrif davomida prezident Shavkat Mirziyoyev bilan keng qamrovli muzokaralar o‘tkazamiz. Ular yakunlariga ko‘ra, salmoqli hukumatlararo va tijoriy hujjatlar to‘plami imzolanadi”, - dedi Putin xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimida.

Putin O‘zbekiston rahbari bilan birgalikda mintaqalararo hamkorlik forumi ochilishida ishtirok etishi hamda ilk O‘zbekiston atom elektrostansiyasi qurilishiga start berishini qo‘shimcha qildi.