Botirjon Asadov Vladimir Putinga ishonch yorliqlarini topshiradi

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 23 ta yangi tayinlangan xorijiy mamlakatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oladi.
Sputnik

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. 2018-yil 11-oktabr kuni O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga ishonch yorliqlarini topshiradi, deb xabar qildi Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi tayinlandi

11 oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 23 ta yangi tayinlangan xorijiy mamlakatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oladi.

Ushbu marosim Katta Kreml saroyining Aleksandrovskiy zalida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-19 oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida birinchi Rossiya-O‘zbekiston mintaqalararo hamkorlik forumi o‘tkaziladi.