TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligi kanali.
Qarorga muvofiq, 2018-yil 15-oktabrdan Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatida elektron hisobvaraq-fakturalarni majburiy tarzda rasmiylashtirishni joriy etish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi.
Eksperiment doirasida elektron hisobvaraq-fakturalar tovar-transport yukxatlari va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnoma vazifacini bajaradi.