Muzokaralar yakuniga ko‘ra O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida 10ta hujjat imzolandi

Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni Parijdan Toshkentga jo‘nab ketdi
Sputnik

TOShKENT, 10 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi yakuniga ko‘ra, hukumatlararo va idoralararo 10 ta hujjat imzolandi.

“O‘zbekneftgaz” Fransiya kompaniyasi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8-9 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

"Davlat rahbarlarining Yelisey saroyida o‘tgan muzokaralari har tomonlama samarali bo‘ldi. Ikki mamlakat uchun manfaatli va uzoq muddatli kelishuvlarga erishildi", - deb xabar qilgan prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni Parijdan Toshkentga jo‘nab ketgan.