TOShKENT, 10 okt – Sputnik. 2018-yil 10-oktabr kuni soat 01:20larda Karmana tumani hududidan o‘tuvchi M-37 “Qiziltepa-Karmana” avtomobil yo‘lining 188 km da harakatlanib ketayotgan “Neksiya-2” rusumli d/r 85 697 SAA avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “ShAANXI SX” rusumli, d/r 85 442 KAA yuk avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.
YTH natijasida 7 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Vafot etgan fuqarolar:
G‘afur Raxmatov, 1985 y.t. ("Neksiya" haydovchisi).
Intizor Jo‘rayeva, 1986 y.t. ("Neksiya" yo‘lovchisi).
Zarnigor Jo‘rayeva, 1991 y.t. ("Neksiya" yo‘lovchisi).
Fayoz Shaxriyorov, 1987 y.t. ("Neksiya" yo‘lovchisi).
Asadbek G‘ulomov, 2010 y.t. ("Neksiya" yo‘lovchisi).
Shoxrux G‘ulomov, 2013 y.t. ("Neksiya" yo‘lovchisi).
Firdavs Sobirov, 2016 y.t. ("Neksiya" avtomobili yo‘lovchisi).
YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.