TOShKENT, 10 okt – Sputnik, Mariya Sheludakova. O‘zbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning o‘g‘li Potr Karimov "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKdan maosh pulini undirib berishni so‘rab, Moskva Tver sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi.
Sud matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, sud yig‘ilishi 24-oktabr kuniga tayinlandi.
OAV ma’lumotiga qaraganda, Potr Karimov milliy aviakompaniyada yuqori lavozimda ishlagan.
Potr Karimovning so‘zlariga ko‘ra, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK unga belgilangan ish haqini to‘lamagan.
Da’vo arizasi quyidagicha ifodalanadi: "to‘lanmagan ish haqini undirib berishga oid mehnat bo‘yicha nizolar".
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bu holatdan xabari yo‘qligini, ammo Petr Karimov kompaniyada faoliyat yuritgani haqidagi ma’lumot borligini ma’lum qildi.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Potr Karimov Aziya-Invest bankida ishlagan.
Potr Karimov 1969-yilda tug‘ilgan. OAV ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda u Moskva viloyatida istiqomat qiladi.