O‘zbekistonda AES qurishga nimalar sabab bo‘lgan

Yadro fizikasi instituti olimi O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurishga nimalar sabab bo‘lganini aytib berdi.
Sputnik

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli Yadro fizikasi ilmiy instituti direktori o‘rinbosari Sodiqov Ilhom Ismoilovich O‘zbekistonda AES qurishga nimalar sabab bo‘lgani haqida aytib berdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

O‘zbekistonda AES qayerda qurilishi ma’lum bo‘ldi

Olim so‘zlariga qaraganda, 2000-yildan buyon O‘zbekiston YaIMi 2,5 baravarga oshdi, lekin  Respublikada birorta ham yangi yirik energetika obyekti qurilmadi.

1991 yildan 2018-yilga qadar Respublikada aholi soni o‘sishi 65 %ni tashkil qildi, shu bilan birga odam boshiga ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi miqdori 75 %ga kamayib ketdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda umumiy hisobda 14,4 GVt elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Shundan - 13 % gidro elektr stansiyalarida,  1-2 % blok-stansiyalarda, aosiy  85 % esa Issiqlik elektr stansiyalarida.

“Issiqlik elektr stansiyalari asosn gaz, ko‘mir va neft mahsulotlari yordamida ishlaydi. Ma’lumki oxirgi yillarda dunyo bozorida uglevodorodlar narxi doimiy ravishda oshib bormoqda. Bu esa vaqti kelganda O‘zbekistonda energetika krizisini keltirib chiqarishi mumkin”, - deydi Sodiqov.

Quyosh energiyasi, shamol energiyasi kabi qayta tiklanadigan elektr energiyasi manbaalaridan foydalanish energetikaga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondira olmaydi. Bunday uslublar mahalliy darajada muammoni hal qilishi mumkin, lekin  umumiy muammoni hal qila olmaydi.

Atom elektr stansiyasi O‘zbekistonni elita-davlatlar qatoriga qo‘shadi - ekspertlar

Shu sababdan O‘zbekiston olimlari o‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab respublikada AES qurish masalasini o‘rgana boshlagan edilar.  

Ikkinchi marotaba ushbu masala 2001-yilda keng muhokama qilngan edi. Ushanda Toshkentdagi Yadro fizikasi institutida 2 kunlik yirik seminar tashkil qilingan edi. Ushbu seminarda energetika, suv xo‘jaligi sohalari vakillari, olimlar hamda Rossiya delegatsiyasi ham ishtirok etib, O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurish maslasini muhokama qilishgan edi.

Lekin keyinchalik qo‘qqisdan bizga O‘zbekistonda energetikaning ushbu yo‘nalishini rivojlantirishni butunlay ta’qiqlab qo‘yishdi.

O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi surati

2016-2017 yillarda vaziyat tubdan o‘zgardi – ushbu sohada yana muzokaralar yana tayyorgarlik boshlandi.  Kanada, Xitoy va Rosatom tomonidan taqdim etilgan takliflar o‘rganib chiqila boshlandi.  

2017 yilning sentabr oyida Rossiya va Rosatom bilan atom energetikasi sohasida hamkorlik qilish haqida memorandum imzolandi. Ushbu memorandumning muhim bo‘limlaridan biri – O‘zbekistonda Rossiya namunasidagi AES qurish edi.  

Shuningdek, Rossiya bilan AES qurish, undan foydalanish va uni yadroviy yonilg‘i bilan ta’minlash haqida kelishib olingan edi.