GM Uzbekistan avtomobillarga imtiyoz e’lon qildi

Imtiyozli kreditlash uchun ajratilgan ushbu modeldagi va komplektatsiyadagi jami avtomobillar soni jami 1000 dona.
Sputnik

TOShKENT, 9 okt – Sputnik.O‘zavtosanoat” matbuot xizmati “GM Uzbekistan” AJ va ATB “Kapitalbank” imtiyozli avtokreditlash dasturi bo‘yicha rasmiy hamkor bo‘lishganini ma’lum qildi.

GM Uzbekistan filiallaridan biriga Rossiyadan rahbar tayinlandi

Endilikda Lacetti SX M/T (1-poz.) avtomobiliga quyidagi shartlar asosida imtiyozli kredit rasmiylashtirish mumkin:

1) 10% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda - 5-yilgacha – yillik 22%

2) 30% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda - 3-yilgacha – yillik 20% 

3) 50% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda - 2-yilgacha – yillik 19% 

4) 60% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda – 15 oygacha – yillik 18%

Rasmiylashtirish “AS Servis” rasmiy dilerlarida dastlabki to‘lov mavjud bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi.

Imtiyozli kreditlash uchun ajratilgan ushbu modeldagi va komplektatsiyadagi jami avtomobillar soni jami 1000 dona.

Kompaniya tez orada avtokredit rasmiylashtirish orqali xarid qilish mumkin bo‘lgan “GM Uzbekistan” avtomobillari modellarini kengaytirilishi ma’lum qildi.