AQSh Oleg Deripaskaning aktivlarini “muzlatib” qo‘ydi

AQSh rossiyalik biznesmen Oleg Deripaskaning Nyu York va Vashingtondagi aktivlarini “muzlatib” qo‘ydi.
Sputnik

TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Amerika hukumati rossiyalik biznesmen Oleg Deripaskaning Nyu York va Vashingtondagi aktivlarini “muzlatib” qo‘ydi, deb xabar qilmoqda RT amerika OAVlariga asosan.

New York Post gazetasi AQSh Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, Deripaska 2008-yilda Nyu Yorkda umumiy qiymati 42,5 mln  dollar bo‘lgan uy xarid qilganini aytmoqda.

AQSh vaziri Rossiyani dengizda cheklab qo‘yish mumkinligi haqida gapirdi

Xabarda aytilishiga qaraganda, aktivlari muzlatib qo‘yilishiga qaramasdan, Rosman Abramovichning sobiq rafiqasi va bolalari Nyu yorkdagi ushbu uyda yashab turishi haqida kelishib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin AQSh Oleg Deripaska “Rusal” kompaniyasi boshqaruvidan chetlatilishini va ushbu talab bajarilgan holda kompaniyaga qarshi sanksiyalar kiritmaslikni va’da bergan edi. Shu bilan bir vaqtda, AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin Amerika Oleg Deripaskaga tegishli bo‘lgan “Rusal” kompaniyasini biznesdan chiqarishga harakat qilmayotgani ta’kidlamoqda.