Jizzax viloyatida yangi uslubda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Bu turdagi mashqlar harbiy xizmatchilarga turli murakkab vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish va harakatlanishda qo‘l keladi
Sputnik

TOShKENT, 6 okt - Sputnik. Jizzax viloyatida joylashgan Markaziy harbiy okrugiga qarashli dala o‘quv maydonlaridan birida yangi turdagi maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekiston harbiylari xalqaro tanlovda Qozog‘iston askarlarini ortda qoldirdi

"Ushbu mashg‘ulotlarning avvalgilaridan farqi, bunda harbiy xizmatchilar yangicha yondashuv asosida ilgarigi taktika standartlaridan uzoqlashgan holda nishonlarni yakson qilishdi. Bu turdagi mashqlar harbiy xizmatchilarga turli murakkab vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish va harakatlanishda qo‘l keladi", - dedi matbuot-xizmati vakili.

Ta’kidlanishicha, murakkab jarayonlardan hisoblanuvchi g‘avvoslik amallari ham bajarilgan. Ya’ni harbiylar kerakli asbob-anjom va qurollar yordamida suv ostida harakatlanib, qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli uddalaganlar.

Jizzax viloyatida yangi uslubda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Shuningdek, harbiylar noqonuniy shartli terrorchilar guruhini qo‘lga olganlar. Unda bino ichiga yashiringan terrorchilar guruhiga qo‘qqisdan hujum qilinib, xavf-xatar to‘liq bartaraf etilgan.