Opera xonandasi Montserrat Kabalye vafot etdi

Montserrat Kabalye 6-oktabr kuni Barselonada olamdan ko‘z yumdi. U 85 yoshda edi
Sputnik

TOShKENT, 6 okt - Sputnik. Butun dunyoga mashhur ispaniyalik opera xonandasi Montserrat Kabalye 85 yoshida Barselonada olamdan o‘tdi.

Bu haqda El Pais nashri tibbiyot xodimlariga tayangan holda xabar tarqatdi.

Opera yulduzi Dmitriy Xvorostovskiy vafot etdi

"Xonanda bugun oqshom San-Paudagi shifoxonada vafot etdi", - deyiladi xabarda.

Dafn marosimi dushanba kuni o‘tkaziladi.

Ta’kidlanishicha, Kabalye sentabr oyida Barselonadagi klinikalarning birida davolanish muolajalarini olgan.

Montserrat Kabalye belkanto yo‘nalishida tengsiz deb tan olingan, shuningdek, mumtoz italyan operalar Rossini, Bellini, Donitsettidagi rollari bilan mashhur bo‘lgan.

2012 yili Kabalye yoshi, mikroinsultni boshdan o‘tkazgani va yiqilib tizzasidan jarohat olganiga qaramay, jahonning qator teatrlarida konsert bergan.

Opera xonandasi Montserrat Kabalye vafot etdi