Amerikalik sobiq harbiy Putinga zaharlangan urug‘larni yuborganini tan oldi

AQSh veterani Putinga zaharlangan kanakunjut urug‘lari solingan maktub yuborgani haqida ma’lum qildi
Sputnik

TOShKENT, 6 okt - Sputnik. Oq uy va Pentagonga kanakunjut urug‘lari solingan maktublarni yuborgan sobiq amerikalik harbiy, xuddi shunday "zaharlangan" nomalarni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga va Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta Ikkinchiga yuborganini aytdi.

Bu haqda sud hujjatlariga tayangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Seshanba kuni Pentagon, Oq uy va FBRga - ritsin (fitotoksin) moddasi izlari bo‘lgan maktublar kelgani ma’lum bo‘lgan edi. Sal keyin ularni yuborganlikda gumonlab 39 yashar sobiq harbiy Uillyam Klayd Allen Uchinchi (William Clyde Allen III) qo‘lga olindi.

Braziliyada chaqaloq zaharli chayon yetti marta chaqqandan keyin omon qoldi

Erkak iqrorlik ko‘rsatmalarini bergan.

Juma kuni unga besh punkt bo‘yicha ayblovlar e’lon qilingan. Sobiq harbiy bir necha o‘n yillikni qamoqda o‘tkazishi mumkin. KUTV telekanali saytida e’lon qilingan ayblov hujjatlariga ko‘ra, erkak "xatlarni o‘z uyi chqinida joylashgan pochta bo‘linmasidan 2018-yil 24-sentabrda yuborgani" haqida so‘zlab bergan.

Ayblanuvchi har bir konvertga kanakunjut urug‘ini joylashtirgani haqida tergovchilarga ma’lum qilgan. Shuningdek, ichida zaharlangan urug‘lar bo‘lgan konvertlarni AQSh Bosh prokurori Jeff Seshnsga, Angliya qirolichasi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yuborgani haqida iqror bo‘lgan.

Erkakning tan olishicha, u shu tarzda "maktubni bermoqchi bo‘lgan". Ayblanuvchi gap nima haqda borayotganiga izoh bermagan.

Ispaniyada Trampning ayol "qiyofadoshi" topildi

Sobiq harbiy tergovchilarga yuzga yaqin kanakunjut urug‘larini internet orqali xarid qilgani haqida so‘zlab bergan. Sud hujjatlariga ko‘ra, kanakunjut urug‘larida ritsin zaharli moddasi mavjud.

"Moddalarning urug‘dan chiqarib olinishi nisbatan oson va texnik bilimlarni talab etmaydi", - deyiladi ayblov xulosasida.

Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga muvofiq, kanakunjut urug‘ini ichga iste’mol qilish enterit, qusish va ich og‘rig‘i, oshqozon-ichak trakti(ovqat hazm qilish sistemasi)ning buzilishi, suv-elektrolit balansi ishdan chiiishi va bir haftadan so‘ng o‘limni keltirib chiqarishi mumkin.