O‘zbekiston maktablarida bepul va pullik xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi

Xalq ta’limi va Moliya vazirliklari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pullik asosda tashkil etilgan xizmatlarni to‘g‘ri tashkil etilganligi nazorat qilinadi.
Sputnik

TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida (davlat ta’minoti asosida) bepul va pullik asosda tashkil etiladigan xizmatlar ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

XTV maktab darsliklaridan onlayn foydalanish xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Qaror loyihasida davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida (davlat ta’minoti asosida) bepul va pullik tashkil etiladigan xizmatlar ro‘yxati tasdiqlash nazarda tutilgan.

Bepul amalga oshiriladigan xizmatlarga - darslarni yaxshi o‘zlashtira olmagan o‘quvchilar bilan qo‘shimcha ishlash; maktabning kutubxona fondidan foydalanish; yillik tibbiy ko‘rikdan o‘tish va boshqa xizmatlar kiritish ko‘zda tutilgan.

Pullik asosda tashkil etiladigan xizmatlar esa: darsliklarni belgilangan to‘lov evaziga ijaraga olish (birinchi sinf o‘quvchilari va kam ta’minlangan oila farzandlari bundan mustasno); umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan (Davlat ta’lim standartlaridan tashqari) bilimlar bo‘yicha kelishilgan narxlarda qo‘shimcha ta’lim olish;

Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktabining uzaytirilgan kun guruhlarida belgilangan to‘lov asosida ta’lim-tarbiya olish; umumiy o‘rta ta’lim maktabining asosiy faoliyati hisoblanmaydigan ta’lim-tarbiya xizmatlaridan foydalanish (jumladan, hunar o‘rgatuvchi va sport to‘garaklar, qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklar, yakshanbalik maktablari va boshqa).

Qaror loyihasi 20-oktabrgacha muhokama qilinadi.