"O‘zbekiston havo yo‘llari"ning Moskvaga barcha reyslari "Vnukovo" aeroportiga o‘tkaziladi

Parvozlar zamonaviy, qulay Boeing va Airbus havolaynerlarida o‘zgarishsiz, avval tasdiqlangan jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 3 okt - Sputnik. 2018-yil 28-oktabridan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning O‘zbekistondan Moskvaga barcha reyslari “Domodedovo” aeroportidan “Vnukovo” aeroportiga o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev samolyoti "Vnukovo-2" aeroportiga kelib qo‘ndi

Xabarda aytilishicha, parvozlar zamonaviy, qulay Boeing va Airbus  havolaynerlarida o‘zgarishsiz, avval tasdiqlangan jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.

“Vnukovo” aeroporti Moskva avtomobil aylanma yo‘lidan 10 km janubiy-g‘arbiy qismida joylashgan. Rossiyada yo‘lovchilarga xizmati ko‘rsatish bo‘yicha “Sheremetyevo” va “Domodedovo” aeroportlaridan keyin uchinchi o‘rinda turadi. 2017-yilda shu aeroportdan yo‘lovchilar o‘tish hajmini  18 milliondan ortiq kishini tashkil qildi.

“Vnukovo” aeroporti “A” terminalining umumiy maydoni 270 ming kv tashkil qiladi. U hozirgi vaqtda Rossiyada eng yirik hisoblanadi.