“Navoiy” logistika markazi birinchi jo‘natmani qabul qilib oldi

Navoiy logistika markaziga olib kelingan birinchi jo‘natma - Turkiyadan olib kelingan 1380 kg to‘qmachilik mahsuloti bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. “Navoiy” xalqaro aeroportida joylashgan Xalqaro pochta almashuv markaziga birinchi jo‘natma yetib keldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Havo yllarining matbuot xizmati.

“Birinchi kuryerlik jo‘natmasi - Turkiyadan yuborilgan 1380 kg to‘qimachilik mahsuloti bo‘ldi. Ushbu jo‘natma unchalik katta hajm bo‘lmasada, lekin uning misloida “Navoiy” xalqaro logistika markazi yukni bojxona ko‘rigidan o‘tkaish  va oluvchiga yetkazib berish qulay ekanliigini namoyish qildi”, - deyilgan xabarda.

“Navoiy” xalqaro aeroportining O‘zbekiston qoq markazida joylashganligi uni barcha yo‘nalishlar hamda avtomobil va temiryo‘l transporti uchun qulay logistika marakaziga aylantiradi. “Navoiy” xalqaro pochta almashuv punktini ishga tushirishda ushbu omil ham hisobga olingan.

Toshkent aeroportida yangi terminal ochiladi

Kelajakda ushbu markaz elektron kommersiya hamda internet savdosining hajmi oshishiga xizmati qilishi kerak. Aeroport xizmatlaridan foydalanish  DHL, FedEX, UPS kabi butun dunyoda faoliyat yurituvchi kuryerlik kompaniyalari uchun ham juda qulay.

Bugungi kunda “Navoiy” havo darvozasi Yevropa va Osiyoning eng yirik logistikamarkazlari bilan bog‘langan. Milliy aviakompaniya bu yerdan Seul, Vena, Milan, Saragosa va Sabixa shaharlariga parvozlar amalga oshirmoqda. Aeroport kuniga 300 tonnagacha yuklarni import, eksport va tranzit qilishga mo‘ljallangan. Shuningdek 1000 tonnagacha yuklarni saqlash imkoniga ega.