AQSh maxfiy xizmati Trampga yo‘llangan shubhali konvertni to‘xtatib qoldi

Bundan avval Pentagonga ritsin moddasi izlari bo‘lgan ikki dona shubhali konvert yuborilganligi haqida xabar berilgan.
Sputnik

TOShKENT, 3 okt - Sputnik. AQSh maxfiy xizmati 1-oktabr kuni prezident Donald Tramp nomiga yo‘llangan shubhali konvert to‘xtatib qoldi. RIA Novosti xabariga asosan.

AQSh vaziri Rossiyani dengizda cheklab qo‘yish mumkinligi haqida gapirdi

Bundan avval Pentagonga ritsin moddasi izlari bo‘lgan ikki dona shubhali konvert yuborilganligi haqida xabar berilgan.

Ular mudofaa vaziri Jeyms Mettis va harbiy-dengiz operatsiyalar rahbari admiral Jon Richardsonga yo‘llangan bo‘lgan.

“AQSh maxfiy xizmati 1-oktabr kuni prezident nomiga yo‘llangan shubhali konvert kelganligini tasdiqlashi mumkin. Konvert Oq uyda olinmagan, va hech qachon Oq uyga kelmagan”, - deyilgan bayonotda.

Maxfiy xizmat huquq tartibot organlar bilan tergov qilishmoqda.

Pentagonga yo‘llangan xatlar ham AQSh mudofaa vazirligi binosiga kelmagan. Mudofaa vazirligining maktublarni saralash markazi Pentagon tashqarisida joylashgan.

Ushbu tergov ishiga Federal tergov burosi ham jalb etildi.