Utilizatsiyaga topshiriladigan avtomobil uchun imtiyozli kreditlar ajratish yo‘lga qo‘yiladi

Majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan avtomototransport vositalarining yagona elektron bazasini 2019-yil 1-yanvarga qadar shakllantiradi.
Sputnik

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Utilizatsiyaga topshiriladigan avtomobil uchun imtiyozli kreditlar ajratish yo‘lga qo‘yiladi.

Avtomobil yuvish shoxobchalari uchun suv solig‘i ko‘tarildi

Bu masala “Foydalanishga yaroqsizligi aniqlangan avtomototransport vositalarini utilizatsiya va qismlarini realizatsiya qilishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasida alohida band sifatida ko‘rsatilgan.

Xususan “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankiga Moliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda utilizatsiyaga topshiriladigan avtomototransport vositalari egalari uchun imtiyozli kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya qilingan.

Shuningdek, utilizatsiyaga topshiriladigan avtomototransport vositalarini hududlarda qabul qilish tartibi yuzasidan asoslantirilgan taklif kirish nazarda tutilgan.