Yana bir hokim o‘rinbosari pora olayotganda qo‘lga tushdi

Namangan viloyati Chust tumani hokimi o‘rinbosari Sharofiddin Yusupjonov yer uchastkasini ajratib berish uchun fermerdan 2 ming dollar talab qilgan
Sputnik

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekiston hukumati korrupsiya botqog‘iga botgan amaldorlarga qarshi kurashni davom ettirmoqda.

Katta pora so‘ragan Yunusobod tumani hokimi DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi

Toshkent shahri Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov, so‘ngra Surxondaryo viloyati Boysun tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olinishi tufayli shov-shuvlar tinmay, huquqni muhofaza qilish organlari Namangan viloyati Chust tumani hokimini pora olayotgan vaqtda qo‘lga oldilar.

Ushbu hodisa haqida so‘zlovchi sujet "O‘zbekiston 24" telekanalida namoyish etildi.

Ta’kidlanishicha, Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi fuqaro tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sharofiddin Yusupjonovga bog‘dorlik fermer xo‘jaligini yaratish uchun 5,3 gektar yer ajratib berish masalasida murojaat qilgan.

Yusupjonov 1,8 ming dollar pora olayotgan mahalda qo‘lga olingan.

Sharofiddin Yusupjonov 1979-yilda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, oilali, uch nafar farzandi bor.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210 moddasi (pora olish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.