Toshkentda Iqtisodiyot universiteti talabasi metro yo‘liga tushib ketdi

Iqtisodiyot universitetining 3-bosqich talabasi metro bekatining yo‘liga tushib ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Bugun soat soat 13:49 da Toshkent metropolitenining Novza bekati ikkinchi yo‘liga Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 3-bosqich talabasi to‘satdan tushib ketdi. Uznews.uz xabariga asosan.

Toshkent metro bekatlarida umumiy hojatxonalar tashkil qilish taklif etildi

Xabarda aytilishicha, metropoliten hamda ichki ishlar xodimlarining tezkor harakati tufayli talaba o‘z vaqtida qutqarib olindi va tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yuborildi.

Talaba shifoxonaga ketishidan oldin o‘zining tobi qochganligi tufayli shunday voqea sodir bo‘lganligini va metropoliten xizmatining voqeada aybi yo‘qligini ta’kidlagan.