Hindiston Rossiyadan S-400 raketa tizimini sotib olishga qaror qildi

Hindiston Rossiyadan qiymati 5,43 milliard dollarlik S-400 zenit raketa tizimini sotib olish bo‘yicha shartnomani imzolashni rejalashtirdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Hindiston Rossiyadan umumiy qiymati 5,43 milliard dollarlik S-400 zenit raketa tizimini sotib olish bo‘yicha shartnomani imzolashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Hindiston hamma uchun bir vaqtning o‘zida hamkor bo‘lmoqchi. Uddalarmikin

Sotib olish ruxsatnomasini bosh vazir Narendra Modi raisligida bo‘lgan xavfsizlik masalasi bo‘yicha qo‘mitasi berdi.

Bu Hindistonga Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktabr oyi boshida rejalashtirilgan tashrifi oldidan amalga oshirildi.

Hindiston rasmiy hukumati S-400 tizimini harid qilish bo‘yicha qarori haqida hozircha xabar bermadi.

Hindiston uchun qurol

S-400 “Triumf” – uzoq masofaga mo‘ljallangan yangi zenit raketa tizimi. U aviatsiya, qanotli va ballistik raketalarni, shuningdek yer usti obyektlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

Raketa 400 km masofagacha uchadi va 30 km balandlikda bo‘lgan nishonlarni ishg‘ol qilish qudratiga ega.

OAV: O‘zbekistonda Hindiston mudofaa zavodi qurilishi mumkin

2016 yil oktabrda Vladimir Putin va Narendra Modi S-400 tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga  erishilgandi. Ochiq manbalarga ko‘ra, shartnomaning qiymati boshida 6,5 milliard dollarni tashkil qilgandi.

Hindiston shartnomani imzolashi, bu “Triumf” raketa tizimini xarid qilgan uchinchi xorijiy mamlakat bo‘ladi. Undan avval bu tizimni Xitoy va Turkiya sotib olgan.

AQSh Deli rejalaridan tashvishlanmoqda va CAATSA qonuni bo‘yicha sanksiya qo‘llashni istisno qilmayapti.