Erkinjon Turdimov amaldorlarga xizmat mashinalarini boshqarishni ta’qiqladi

Bundan buyon hokimlik xizmat avtotransport vositalarini faqat biriktirilgan haydovchilar boshqaradi, deb yozadi nashr
Sputnik

TOShKENT, 25 sen - Sputnik. Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov mansabdor shaxslarga xizmat avtomashinalarini boshqarishi taqiqladi.

Arnasoyda prokuror yordamchisi fuqaroni urib ketdi, yo‘lovchi vafot etdi

"Zarafshon" nashrida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, joriy yil 22-sentabrda imzolangan qaroriga ko‘ra, endilikda viloyat, tuman, shahar hokimliklari mansabdor shaxslarining hokimlik balansida bo‘lgan davlat xizmat avtomashinalarini boshqarishi taqiqlanadi.

Hokimliklar xizmat avtomashinalarini haydovchi o‘rniga mansabdor shaxslarning boshqarishi oqibatida turli xil yo‘l-transport hodisalarining sodir etilgani, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik holatlari shunday qaror qabul qilinishiga sabab bo‘lgan.

Bundan buyon hokimlik xizmat avtotransport vositalarini faqat biriktirilgan haydovchilar boshqaradi, deb yozadi nashr.