Turkiya parlamenti raisi Binali Yildirim O‘zbekistonga keldi

Turkiya parlamenti raisi Binali Yildirim rafiqasi bilan O‘zbekistonga keldi.
Sputnik

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Turkiya Buyuk millat majlisi (parlamenti) raisi Binali Yildirim 23-sentabrt kuni Toshkentga keldi, deb xabar qilingan siyosiy rahbarning Twitterida.

Hurmatli mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroportida O‘zbekiston Oliy Majlisi vakillari tantanali kutib olishdi.

Tashrif davomida Turkiya parlamenti rahbari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

Shuningdek Yildirim 25-sentabr kuni Samarqand shahriga safar uyushtirib, u yerdagi tarixiy yodgorliklarni va ziyoratgohlarni tomosha qiladi.

Binali Yildirimning O‘zbekistonga safari 26-sentabrga qadar davom etadi.