Rossiyadagi avtohalokat oqibatida o‘zbekistonlik bir ayol halok bo‘ldi

Ayni vaqtda Rossiya IIVning Astraxan oblasti Axtubinsk tumani bo‘yicha YHXB xodimlari ro‘y bergan YTHning barcha tafsilotlarini aniqlashmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. 23-sentabr kuni “Axtubinsk - Nijniy Baskunchak” avtomobil yo‘lining 16-kilometrida Nissan Almera mashinasi boshqaruvida bo‘lgan ayol boshqaruvni eplay olmagan, natijada avtomobil ag‘darilib ketdi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Astraxan oblasti bo‘yicha boshqarmasi xabar qildi

Lipesk Tergov qo‘mitasi YTH haqida: ikkinchi mashina haydovchisi – DAI xodimi bo‘lgan

“Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1978-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi. Haydovchi, shuningdek, 24 yoshli qiz, 40 yoshli ayol va 50 yoshli erkak bosh miya yopiq jarohati, qovurg‘alar, o‘mrov, tos suyagi sinishi kabi jarohatlarni olishdi. Ular shifoxonaga olib borildi va jonlantirish hamda travmatologiya bo‘limiga joylashtirildi”, - deyiladi boshqarma xabarida.

Ayni vaqtda Rossiya IIVning Astraxan oblasti Axtubinsk tumani bo‘yicha YHXB xodimlari ro‘y bergan YTHning barcha tafsilotlarini aniqlashmoqda.