Huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslar mukofotlanadi

Huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar eng kam oylik ish haqining besh foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-iyuldan boshlab:

Yo‘l harakatini boshqarishda Toshkent Moskva tajribasini o‘rganadi

- transport vositasidagi videoregistratorlar qayd etgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan texnika (foto va videoradar) qayd etgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi;

- tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar jamoat transporti va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun avtotransport vositalariga videoregistratorlar o‘rnatish bo‘yicha majburiy tartib joriy etiladi;

- huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar eng kam oylik ish haqining besh foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;

- huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar oshkor etilmaydi.  

Shuningdek, qaror bilan jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.  

Toshkent viloyatida o‘zbek va ingliz tilida xabar beruvchi yo‘l belgilari o‘rnatildi

Shu bilan birga nizom ayrim masalan, xavfsizlik kamari taqmaslik, tezlikni oshirish, mast holda boshqarish, piyodalarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi kabi huquqbuzarliklarga tadbiq etilmaydi.

Ichki ishlar vazirligiga 2019-yil 1-iyulga qadar videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari haqidagi videoyozuvlarni to‘plovchi markazlashtirilgan tizimni ishga tushirilishini ta’minlash vazifasi yuklandi.