AQSh migrantlarga grin-karta berish talabini keskinlashtirmoqchi

Bundan tashqari, qator holatlarda migrantlardan arizani ko‘rib chiqish vaqtida 10 ming dollar miqdorida garov kiritishni so‘rashlari mumkin
Sputnik

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. AQSh ma’muriyati shanba kuni Amerikada qonuniy yashab kelayotgan migrantlarga vizalar va grin-kartalar berishda talablarni keskinlashtirishi haqidagi tashabbusini e’lon qildi.

Tramp: grin-karta lotereyasi orqali AQShga "unchalik yaxshi odamlar" kelmaydi

Ichki xavfsizlik vazirligi tomonidan e’lon qilingan 447-sahifali hujjat da’vogar shaxsga, agar u qator ijtimoiy ko‘maklardan foydalangani aniqlanadigan taqdirda, rad javobini berishni ko‘zda tutadi.

Xususan, gap, Medicaid dasturi orqali tibbiy xizmatlardan foydalanish, oziq-ovqatga talon olish va ijtimoiy boshpana xususida brmoqda.

Bu kabi xizmatlardan foydalanganlik mamlakatda doimiy yashash huquqi uchun berilgan arizani ko‘rib chiqishda "muayan salbiy omil" sifatida baholanishi mumkin.

Bundan tashqari, qator holatlarda migrantlardan arizani ko‘rib chiqish vaqtida 10 ming dollar miqdorida garov kiritishni so‘rashlari mumkin.

"Ushbu qaror past daromadga ega bo‘lgan millionlab oilalarni hukumatdan yordam olish va Qo‘shma Shtatlarda doimiy yashash o‘rtasida tanlovga majbur etishi mumkin. Huquq himoyachilari bu holat istiqbolda bolalarni oziq-ovqat va sog‘liqni saqlashdan chegaralashi mumkinligidan xavfsirashmoqda", — deb yozadi Politico nashri.

Hukumatning baholashicha, ushbu yangilik yiliga 382 ming kishini qamrab oladi. Bunday choralar da’vogarlar o‘zini moliyaviy jihatdan ta’minlay olishi hamda AQSh ijtimoiy ta’minoti uchun ortiqcha yuk bo‘lmasligini ta’minlashga qaratilgan.

Trampning 10 ta saylovoldi va’dasi

Qaror parlament tasdig‘ini talab etmaydi. Ammo u kuchga kirgunga qadar ommaviy muhokamaga qo‘yilishi va bu bir yilcha vaqtni talab etishi mumkin.

Immigratsion islohotlar Trampning saylovoldi va’dalaridan biri bo‘lgan edi. Meksikadan kelayotgan noqonuniy migrantlar oqimini to‘xtatish uchun u bu davlat bilan chegarada devor qurishga va’da beradi, grin-kartalar, ya’ni AQShda qonuniy yashayotgan migrantlarning qarindoshlari ham ushbu mamlakatga kirish huquqini beruvchi zanjirli immigratsiyani bekor qilish tashabbusini ilgari suradi.