To‘y kortejlariga qarshi: IIBB to‘rtta "Range Rover" haydovchisini jarimaga tortdi

Haydovchilar yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakatlanishda qatnashganliklari uchun jarima to‘laydilar
Sputnik

TOShKENT, 22 sen - Sputnik. IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan Bunyodkor ko‘chasida 4 avtomobildan iborat kortej to‘xtatildi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot-xizmati.

Iqbol Mirzo prezident topshirig‘i, to‘ylar masalasi va chetda turib tosh otuvchilar haqida

Haydovchilar yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakatlanishda qatnashganliklari uchun jarima to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda O‘zbekiston hukumati to‘ylar dabdabasiz o‘tkazilishi uchun kurash olib bormoqda.

Toshkent shahar Olmazor tumani deputati Baxtiyor Sagatovning so‘zlariga ko‘ra, dabdabali to‘ylar uchun oilalar katta-katta mablag‘larni sarflashga majbur bo‘lishadi. Oilalarning aksariyati mana shu maqsadda kredit olishga majbur bo‘lmoqda. "Vaholanki, bu pullarni muhimroq maqsadlar, masalan kelajakda tug‘iladigan farzandlar ta’limiga sarflash mumkin", - degan edi Sputnik muxbiri bilan suhbatda deputat.