TOShKENT, 22 sen - Sputnik. Eronda 10 kishi harbiy parad vaqtida yuz bergan terakt qurboniga aylandi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Halok bo‘lganlar orasida jurnalist ham bor, shuningdek 20 nafarga yaqin insonlar jarohatlangan.
Eronning Axvaz shahrida terakt shanba kuni ertalab sodir etilgan. Harbiy parad vaqtida noma’lum shaxslar tomonidan o‘t ochilgan.
Dastlab Islom inqilobi mirshablar korpusining 8 nafar harbiy askarlari halok bo‘lgani haqida ma’lumot berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bugun shanba, 22-sentabr kuni Eronning barcha hududlarida 1980-1988 yillardagi eron-iroq urushi xotirasiga bag‘ishlangan -Muqaddas mudofaa haftaligi doirasida harbiy paradlar bo‘lib o‘tayotgan edi.