MAN yangi yuk mashinasi taqdimotini o‘tkazdi

Bugun erta tongda Toshkentda o‘tkazilayotgan transport konferensiyasi qatnashchilari "Afrosiyob" tezurar poyezdida Samarqandga yetib bordilar. Mehmonlar "Man" zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Sputnik

TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan transport bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilari 21-sentabr kuni Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan "Man" zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

MAN yangi yuk mashinasi taqdimotini o‘tkazdi

Bugun erta tongda 300 dan ortiq mahalliy hamda xorijiy mehmonlar "Afrosiyob" tezurar poyezdida Samarqandga yetib bordilar. Mehmonlar "Man" zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. U yerda zavod faoliyati haqida taqdimot va ekskursiya o‘tkazildi.

Konferensiya ishtirokchilariga yuk avtomobillari, shahar va shaharlararo avtobuslar, treylerlar ishlab chiqarish jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.

MAN yangi yuk mashinasi taqdimotini o‘tkazdi

Xorijiy mehmonlarning tashrifiga atab MAN yangi modeldagi MAN TGS 19.400 4X2 Efficient Line yuk mashinasi taqdimotini o‘tkazdi.

Ushbu yangi modellar xalqaro tashuv standartlariga javob beribgina qolmay, o‘zining tejamkorligi bilan logistik kompaniyalarga xizmat ko‘rsatish tan narxini sezilarli darajada arzonlashtirishga imkon berishi qayd etildi.

MAN yangi yuk mashinasi taqdimotini o‘tkazdi

Ta’kidlanishicha, MAN TGS 19.400 4X2 BLS-WW Efficient Line yuk mashinasi ishlab chiqarilishi jarayonida innovatsion ishlanmalardan foydalanilgan. Xususan, avtomobilda TIPMatic robotlashtirilgan uzatish korobkalari (MAN TipMatic®), SmartShifting funksiya (avtomatik ulashni intellektual boshqarish) va maxsus aerodinamik paket mavjud.

MAN yangi yuk mashinasi taqdimotini o‘tkazdi