Coca-Cola zavodi xususiylashtirilishi mumkin

Ayni damda “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd” zavodinng  57,1%  aksiyasi "O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasiga tegishli.
Sputnik

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. O‘zbekiston  Moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Yevropa taraqqiyot va rivojlanish banki, The Coca-Cola Company (AQSh) va Coca-Cola İçecek (Turkiya) vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri Moliya vazirligiga asosan.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd” korxonasiga strategik hamkorni taklif qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Ushbu masalani hal qilishda Yevropa taraqqiyot va rivojlanish banki yordam ko‘rsatishi mumkin.

Coca-Cola kompaniyasi shu yilda 2 mingdan ortiq muzlatgich sotib oladi

Ayni damda “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd” zavodinng  57,1%  aksiyasi “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga tegishli, 42,9 % esa - The Coca-Cola Export Corporationga tegishli.

Eslatib o‘tamiz, “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd” qo‘shma korxonasi 1993-yilda tashkil qilingan. Bugungi kunda kompaniyaning O‘zbekiston hududida 3ta zavodi bor: Toshkent, Namangan va Urganchda.

Ushbu davodlarda 10ta ishlab chiqarish liniyalari Koka-Kola, Fanta, Sprayt, Bonakva va Fyuz Chay brendlari ostida 9 xil ichimliklar ishlab chiqarmoqda.  Koka kola zavodi eng zamonaviy korxonalardan biri bo‘lib, u to‘rtta ISO sertifikatiga ega.