Asad Putinga: Il-20 falokati Isroil manmanligi tufayli yuz berdi

Isroil qiruvchi samoletlari Rossiyaning Il-20 qiruvchisi ortida yashiringan holda, uni Suriya raketaga qarshi mudofaa tizimi zarbasiga duchor qilgan va oqibatda 15 nafar rossiyalik harbiylar halok bo‘lishgan
Sputnik

TOShKENT, 20 sen - Sputnik. Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga telegramma yo‘lladi, deb xabar berdi SANA agentligi.

Il-20 ekipaji Isroil hujumi tufayli halok bo‘ldi – Rossiya MV

"O‘rta yer dengizida qulashi oqibatida, Suriyada terrorizmga qarshi kurashdagi vazifalarini mardonavor bajargan rossiyalik qahramon-harbiylar halokatiga olib kelgan Rossiyaning Il-20 harbiy samolyoti fojeasi tufayli o‘z nomimdan va butun Suriya xalqi nomidan samimiy hamdardligimni bildiraman", - deyiladi telegrammada, deb yozgan nashr.

Suriya prezidenti, Rossiya samolyotining qulashi Isroilning "manmanligi va beboshligi" natijasi bo‘lganligini qayd etgan.

Asadning so‘zlariga ko‘ra, Tel-Aviv "mintaqada o‘zining o‘ta past maqsadlari va agressiyasiga yetishish uchun hamisha eng nopok usullardan foydalanadi".

Ushbu fojia Rossiya va Suriyaning terrorizmga qarshi kurashini to‘xtatishi kerak emas, deb ta’kidlagan Asad.

"Biz shunga aniq ishonch hosil qilamizki, bizu-sizning harbiylarimiz qoni to‘kiladigan, so‘nggi qurboni Il-20 qulashi tufayli halok bo‘lgan harbiylar bo‘lgan bu singari fojialar bizni birgalikda terrorizmga qarshi kurashishda davom etishdan to‘xtata olmaydi", - deyiladi telegrammada.

Il-20 halokati

Eslatib o‘tamiz, 17-sentabr kuni soat 22:00da Isroil havo kuchlarining to‘rtta F-16 samolyoti Latakiya shahri yaqinidagi obyektlarga hujum uyushtirgan. Isroil uchuvchilari O‘rta yer dengizi tomondan past uchib nishonga yaqinlashgan.

Putin Suriya bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish uchun Tehronga keldi

O‘zlarining ushbu manyovri bilan, Isroil uchuvchilari ushbu hududda bo‘lgan kemalar va uchuvchi apparatlar uchun ataylab xavfli vaziyat yaratishgan. Isroil samolyotlari bomba tashlaydigan nishon Fransiyaning "Overn"regati hamda Rossiyanin Il-20 samolyoti qo‘nayotgan joyga yaqin bo‘lgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya samolyoti ortida yashiringan Isroil uchuvchilari Il-20 qiruvchisini Suriya havo mudofaasi kuchlarining zarbasi ostida qoldirgan. Oqibatda, o‘lchami F-16 samolyotlaridan ancha katta bo‘lgan Il-20,  "S-200” raketalarining osongina nishoniga aylangan va bu tufayli 15 nafar Rossiya harbiylari halok bo‘lishgan.

Isroil Rossiya qo‘mondonligini rejalashtirilayotgan operatsiya haqida ogohlantirmagan. Rossiya Mudofaa vaziri Shoygu urib tushirilgan Il-20 va ekipaj halokati uchun javobgarlik to‘liq Isroil zimmasida ekanini ma’lum qilgan. Shoygu ushbu harakat javobsiz qoldirilmaydi, deya va’da bergan.

Isroil o‘z aybini rad etib kelmoqda va javobgarlikni to‘laligicha Damashq, Eron va Livanning "Hezbolloh" harakatiga yuklamoqda.

RIA Novosti taqdim etgan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, Isroil Bosh qo‘mondoni Amikam Norkin boshchiligidagi Isroil armiya delegatsiyasi bugun, payshanba kuni, Moskvaga yetib kelishadi.

Isroil HQK va unga hamrohlik qilayotgan shaxslar ro‘y bergan hodisaning to‘liq kartinasini bayon etishlari, ...jumladan, Isroil Mudofaa armiyasi tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvning asosiy xulosalarini taqdim etishlari kutilmoqda.