O‘zbekistonga Belarus Adliya vaziri tashrif buyuradi

Belarus delegatsiyasi O‘zbekistondagi davlat xizmatlari agentliklaridan tajriba o‘rganishni rejalashtirgan
Sputnik

TOShKENT, 19 sen - Sputnik. 19-sentabr kuni O‘zbekistonga Belarus delegatsiyasi tashrif buyuradi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

"Biz diktatorlarmiz": Lukashenkoning Toshkentdagi yorqin nutqi

"2018-yilning 19-sentabr kuni Toshkent shahriga Belarus Respublikasi adliya vaziri Oleg Slijevskiy boshchiligidagi delegatsiya keladi", - deyilgan xabarda.

Tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston Adliya vazirligida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish, Namangan viloyati va Toshkent shahridagi davlat xizmatlari markazlariga ularning tajribasi bilan tanishish maqsadida borish rejalashtirilgan.