O‘zbekistonda AQShning yangi elchisi tayinlandi

AQShning Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh mutaxassisi O‘zbekistonda elchi etib tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari senati O‘zbekistoda AQShning yangi elchisi nomzodini tasdiqladi, - deb xabar qilmoqda Senat rasmiy sahifasi.

"Merilendlik janob Daniel N. Rozenblum, Katta ijro xizmati (SES) a’zosi, Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlanadi", - deyilgan xabarda.  

Daniel Rozenblum 2014- 2017-yillarda Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan AQSh siyosatini ishlab chiqarish va diplomatiyasini boshqarish bilan shug‘ullangan. 2008 – 2014-yillarda Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlariga ko‘rstailayotgan yordamni koordinatsiya qiluvchi lavozimida ishlab kelgan.

O‘zbekistondagi faoliyatida AQShning yangi elchisi asosiy e’tiborni quyidagi ishlarga qaratmoqchi:

Abdulaziz Kamilov AQSh elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlash, mintaqa xavfsizligini himoya qilish, xalqaro muammolarga qarshi kurashda faollik ko‘rsatish;

O‘zbekistonda islohotlar jadallashishi yo‘lida harakat qilish, barcha jabhalarda hozirgiga nisbatan ko‘proq madad ko‘rsatish;

AQSh xususiy sektorini jalb etib, investitsiya qilish uchun zarur sharoit yaratilishida ko‘maklashish.

Inson huquqlari va erkinlikni targ‘ib qilish;

ijobiy o‘zgarishlarni olqishlab, kamchilik va muammolarni konstruktiv tarzda tanqid qilib, tizim yaxshilanishiga hissa qo‘shish;

Amerika va O‘zbekiston xalqni yaqinlashtirish – turli almashinuv dasturlari, madaniy va ilmiy programmalar orqali yoshlarga imkoniyatlar yaratish, hamjihatlik va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash.