Rossiya iqtisodiyoti "yorib chiqishi" kerak, deb bayonot qildi Putin

Sobanin birinchi marta 2010-yilning oktabrida, 18-yil davomida poytaxtga rahbarlik qilib kelgan  va prezident ishonchini yo‘qotganligi tufayli muddatdan oldin iste’foga chiqarilgan Yuriy lujkov o‘rniga Moskva meri lavozimini egallagan edi
Sputnik

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Rossiya o‘z iqtisodiyotida, ijtimoiy sohada, rossiyaliklar hayoti sifatini yangi darajaga olib chiqadigan, "yorib chiqadigan" taraqqiyotga erishmog‘i darkor - o‘zgarishlar barcha hududlarda ro‘y beradi, deb ta’kidladi RF prezidenti Vladimir Putin Sergey Sobaninning Moskva meri etib tayinlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda.

Yana bir kurashga shaylangan Putinning "g‘alaba"lari

"Juda ko‘p ishlar amalga oshirildi, siz hozir aytganingizdek, hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Rossiya - iqtisod, texnologiyalar, ijtimoiy sohada ulkan taraqqiyotga erishmog‘i darkor. Bu o‘zgarishlarning asosiy maqsadi — fuqarolarimizning hayoti darajasi va sifatini ko‘tarishdir. Bu o‘zgarishlar mamlakatning barcha hududlarida ro‘y beradi, poytaxtning umummilliy masalani hal etishga qo‘shadigan hissasi, albatta, hamisha juda yuqori bo‘ladi", - dedi Putin.

"Moskva — tarixan o‘zgacha shahar. Bu yerda ilm, ta’lim, biznesga oid ulkan salohiyat jamlangan. Aynan shu narsa bizning poytaxtimizga dunyoning eng yetakchi megapolislari bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishga imkon yaratadi", - deb qo‘shimcha qildi prezident hamda Moskva ta’lim bo‘yicha yetakchi pozitsiyada turishi kerakligini eslatib o‘tdi.

Moskva merligiga saylovlar 9-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Yakuniy ma’lumotlarga ko‘ra, Sergey Sobanin 70,17 % ovoz to‘pladi, u uchun 1 million 582 ming 762 kishi ovoz berdi.

Sobanin birinchi marta 2010-yilning oktabrida, 18-yil davomida poytaxtga rahbarlik qilib kelgan  va prezident ishonchini yo‘qotganligi tufayli muddatdan oldin iste’foga chiqarilgan Yuriy Lujkov o‘rniga Moskva meri lavozimini egallagan edi.