UzCard qisman ishlay boshladi

Sputnik

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. UzCard to‘lov tizimidagi texnik nosozliklar bartaraf etildi, tizim qisman ishlay boshladi, deb xabar qilmoqda mahalliy kompaniya matbuot xizmati.

“Uzcard tizimida kuzatilgan texnik nosozliklar bartaraf etildi. Hozirda tizimni aksivatsiyalash jarayoni amalga oshirilmoqda. Kelib chiqqan noqulayliklar uchun uzrimizni so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, ayni damda bank kartalari egalarining mobil ilovalarida hisob raqamlaridagi mablag‘lar summasi to‘g‘ri aks eta boshlagan, lekin hozircha to‘lovlar amalga oshirishning iloji yo‘q.

UzCard kartalardagi pullar xavfsiz saqlanayotganini ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda tijorat banklari bilan so‘nggi tranzaksiyalar ma’lumotlarini solishtirish jarayoni kechmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bank karatalari to‘lov tizimida kollaps shanba kuni soat 18:52 da sodir bo‘ldi. O‘tgan 1,5 sutka davomida bank kartalari orqali hech qanday to‘lov yoki transaksiya amalga oshirish to‘xtab qolgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 18 million plastik kartalar chiqarilgan hamda 243 ming terminallar va 6,2 ming dona bankomatlar o‘rnatilgan.