Toshkent hokimligi “Men kasbimni sevaman!” videoroliklar tanlovini e’lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda ochiq ovoz berish yo‘li bilan 3 ta eng yaxshi videorolik tanlab olinadi. G‘oliblar esa planshetlar bilan taqdirlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi “1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Men kasbimni sevaman!” videoroliklar tanlovini e’lon qildi.

Birgalikda o‘qituvchilarimiz obro‘sini oshirishga harakat qilaylik - Shermatov

Unda Toshkent shahridagi ta’lim muassasalari (maktab, litsey, kollej, OTM) da faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi va murabbiylar (yoshi, lavozimidan qat’i nazar) ishtirok etishlari mumkin.

Shahar hokimiyati matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, mazkur tanlovni o‘tkazishdan maqsad o‘qituvchilarning obro‘-e’tiborini yanada oshirish va bunda o‘quvchilarni ham rag‘batlantirishdir.

Tanlov 14-23 sentabr kunlari o‘tkaziladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ochiq ovoz berish yo‘li bilan 3 ta eng yaxshi videorolik tanlab olinadi. G‘oliblar esa planshetlar bilan taqdirlanadi.