Qaynoq suhbat: AQShda ayolning qo‘lida Samsung smartfoni yonib ketdi

Advokat so‘zlariga ko‘ra, telefon yonib ketishi oqibati mijozning qo‘llari kuygan.
Sputnik

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. AQShda istiqomat qiluvchi Diana Chung Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi bilan Galaxy Note 9 smartfoni yonib ketganligi holati bo‘yicha sudlanmoqchi.

O‘zbekiston aloqada: telefon raqamlari qanday o‘zgaradi

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, ushbu voqea Long-Aylend shahrida joylashgan bino liftida sodir bo‘ldi.

Chung yangi smartfoni qattiq qizib ketayotganini sezib qoladi. Shundan so‘ng, telefonni sumkasiga solmoqchi bo‘lganida undan tutun chiqayotganini ko‘rib qoladi.

Advokat so‘zlariga ko‘ra, hodisa natijasida mijozning qo‘llari kuygan.

Aynib o‘tish kerakki, Samsung mahsulotlari yonib ketishi holati birinchi emas. O‘tgan yili Omskda telefondan yong‘in chiqishi oqibatida qiz jarohatlangandi.

Ilgariroq, Samsung Galaxy Note 7 modelida ayrim nosozliklarni tan olib, sotuvdan 2,5 million smartfonlarni chaqirib olgandi.